YuNESKOning 43-boş sessiyasida Turkiya Respublikasi nomidan iştirok etiş uçun Turkiston zaminining markazi bölmiş Özbekistonga taşrif etişdan benihoya xursand böldik.
Turkistonning har bir göşasi biz uçun muhim, ammo Samarqand va Buxoroni bağrida jamlagan Özbekistonning örni juda boşqaça. Oramizda ildizlari teran döstlik bor, çuqur qardoşlik riştalari mavjud. Bilge Xoqon tomonidan Örxun yodgorliklarida “Sabim tuketi eşitğil!”, ya’ni “Sözimni boşidan oxirigaça eşitgin!” degan sözlar bilan boşlangan bu şodlikda va ğamda birlik tuyğusi ming yillik tarixga va boşimizdan keçirgan musibatlarga qaramay kundan kunga kuçayib bormoqda. Turklarga xos bu vijdon va rahm-şafqat ideali bugungi kunda dunyoga örnak böladigan qadriyatlarimizning ham ramzidir.
Hazrat Navoiy:
Odami ersang demagil odami
Aniki yöq xalq ğamidin ğami,
degan misralarida aynan şu ideal kuylanadi. Yoki, Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponning birlik va hamjihatlikka, vatanga muhabbatga urğu bergan quyidagi misralari:
Birligimizning tebranmas toği,
Umidimizning sönmas çiroği,
Birlaş, ey xalqim, kelgandir çoği,
Bezansin endi Turkiston boği,
Uyğon, xalqim, bitsin ortiq bunça zulmlar,
misralari yoki bu qardoşlikda eng köp ehtiyoj sezganimiz Ozodlik uruşini tariflarkan işlatgan bu misralari birlik va birdamlik ideallarimizga hamohangdir:
Ey Inonu, ey Sakariya, ey istiqlol erlari,
Milliy Misaq olingança töxtalmasdan ilgari!
...
Bilamiz, kim “madaniyat” beşigida ölturğon,
Jallodlarning butun ta’ma va hirslari sizlarda.
...
Ey istiqlol, ey Sakariya, ey Inonu erlari,
Yur, mazlumlar töfonining öç olğuvçi sellari!
Turkiya–Özbekiston qardoşligini yoki mening bu zaminga bölgan muhabbatimni tariflaş uçun şu kabi minglab misollar keltirişim mumkin. Oramizda ana şu yuqorida keltirilgan şodlikda ham, ğamda ham birlik va birdamlikning namunasi bölmiş birodarlik riştalari bor.














