Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, mazkur uchastkaning Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma harakatli chorrahagacha bo‘lgan qismi 5 noyabr soat 23:00 dan 6 noyabr soat 23:00 gacha yopiladi.

Haydovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raldi va aylanma yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.