XCM moliyaviy piramidasi a’zolari orasida 200 nafarga yaqin huquq-tartibot organlari xodimlari bor. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, XCM moliyaviy piramidasi Özbekistonda joriy yil boşidan buyon faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning rasmiy sahifasida Avstraliyada röyxatdan ötgani aytiladi. Ammo uning sayti Kanada davlatida Singapur uyali aloqa raqami orqali röyxatga olingan.

Uşbu moliyaviy piramidaning işlaş tartibi juda oddiy: kunlik vazifa sifatida videoroliklarga layk bosiladi. Buning uçun kompaniya unga a’zo bölgan fuqaroning plastik kartasiga depozitga qöygan mablağidan kelib çiqib, Binance kriptobirjasi orqali har oyda 10 foiz ötkazib beradi. 

XCM’ning Avstraliyadagi boş menejeri Noax Vinston tomonidan hozirgaça Özbekiston böylab 300 ga yaqin ofislar röyxatga olingan.  Har bir ofis orqali kuniga kamida 10 nafar Özbekiston fuqarolari uşbu kompaniyaga a’zo bölmoqda. A’zolik badali esa 460 dollardan 40 ming dollargaça.

Birlamçi ma’lumotlarga köra, uşbu moliyaviy piramida a’zolari orasida 200 nafarga yaqin huquq-tartibot organlari xodimlari bor. Şuningdek, kompaniya Özbekistondagi ofislari orqali tarmoq markentingini aholi orasida yoyiş va faollarni rağbatlantiriş maqsadida turli yiğinlar ötkazib kelmoqda.

Kun.uz avvalroq XCM moliyaviy piramidasi haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda uşbu platformani hatto IIB xodimlari ham tarğib qilayotgani haqida gap boradi.

Suriştiruvdan söng IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov holat yuzasidan rasmiy axborot berib, XCM platformasi orqali respublika hududida pul mablağlarini yoki boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat amalga oşirilgani, bu orqali jismoniy va yuridik şaxslarga zarar yetkazilgani holati böyiça örnatilgan tartibda suriştiruv harakatlari olib borilayotganini bildirdi. Şuningdek, içki işlar organlari xodimlarining uşbu platformani tarğib qilişida iştiroki böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangani ma’lum qilindi.