Uçraşuv avvalida prezident Şavkat Mirziyoyev Oq uyning faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Şundan söng Oval xonada bölib ötgan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yönalişlari, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama etildi. Joriy yil sentabr oyida Nyu-York şahrida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşinar ekan, tomonlar “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQŞ örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş tarafdori ekanini tasdiqladi.

Davlat rahbari Donald Trampni içki va taşqi siyosatdagi yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan şaxsiy sa’y-harakatlarini alohida qayd etdi. AQŞ prezidenti esa Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonda AQŞ hukumati vakillari, yirik kompaniyalar hamda moliyaviy institutlar rahbarlari bilan samarali uçraşuvlarini olqişladi.
Yetakçilar qöşma loyihalarni ilgari suriş uçun institutsional mexanizmlarni yaratiş va takomillaştiriş muhimligini ta’kidladilar. Uçraşuv yakunlarida prezident Şavkat Mirziyoyev Donald Trampni özi uçun qulay vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişiga taklif etdi.





















