Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi bo‘yicha shikoyat: Toshkentda avtobuslar qayta ko‘rikdan o‘tkazildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim avtobuslarda yo‘nalish raqamlari ko‘rinmasligi yuzasidan e’lon qilingan tanqidiy postdan so‘ng, “Toshshahartransxizmat” AJ mazkur holatni o‘rganib, 2025 yil 6 noyabr kuni yo‘nalishdan qaytgan barcha avtobuslarni birma-bir texnik ko‘rikdan o‘tkazganini ma’lum qildi.
Tekshiruv jarayonida ba’zi transport vositalarining trafaret oynasidagi qorayish yoki yopishtirilgan belgilarga oid kamchiliklar aniqlanib, joyida bartaraf etildi. Kompaniya haydovchilar va texnik xodimlarga yo‘nalish raqamlari va belgilarini doimo toza, ravshan va yo‘lovchilarga aniq ko‘rinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Kompaniya foydalanuvchilardan maxsus bot/sahifalar orqali yuborilgan xabar va fotolarning vaqti va dolzarbligini tekshirish, eski kadrlarni qayta tarqatmaslikni so‘radi. Shuningdek, quyoshli paytlarda kamera oynadagi aksni noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkinligi, soya yoki kechki paytda olingan suratlar esa tabiiy ravishda ravshanroq chiqishi mumkinligi eslatib o‘tildi.
“Toshshahartransxizmat” AJ ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiq holda, qulay, xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarini davom ettirishini, yo‘lovchilarning fikr-mulohazalariga doimiy e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026
Toshkent shahri yashash va ovqatlanish xizmatlarida yetakchi bo‘ldi
08:35 / 20.03.2026