Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Andijon viloyatida subsidiya mablağlarining maqsadli va samarali sarflanişi böyiça örganiş ötkazildi.

Örganiş davomida aniqlanişiça, 2023-2024 yillar davomida tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan jami 7,8 mlrd söm miqdoridagi subsidiya mablağlardan 2,6 mlrd sömi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 iyuldagi 307-son qarori talablariga zid ravişda maqsadsiz sarflangan. Şundan 1,8 mlrd sömlik qismi özlaştirib yuborilgan.

Jumladan, Baliqçi tumanida 4 ta yuridik şaxs tomonidan 74 nafar kasanaçiga 729,6 mln sömlik, Uluğnor tumanida 1 ta yuridik şaxs tomonidan 48 nafar kasanaçiga 401,3 mln sömlik, Jalaquduq tumanida 1 ta yuridik şaxs tomonidan 25 nafar kasanaçiga 247,5 mln sömlik, Xonobod şahrida 1 ta yuridik şaxs tomonidan 10 nafar kasanaçiga 204 mln sömlik, Qörğontepa tumanida 2 ta yuridik şaxs tomonidan 19 nafar kasanaçiga 180 mln sömlik va Şahrixon tumanida 1 ta yuridik şaxs tomonidan 9 nafar kasanaçiga 69 mln sömlik asbob-uskunalar yetkazib berilmaganligi aniqlandi.

Şuningdek, Izboskan tumanida 2 ta yuridik şaxs 79 nafar kasanaçiga ajratilgan subsidiya mablağlari hisobidan tikuv maşinalarini ta’minotçi sifatida 118 mln söm ustama qöşgan holda yetkazib bergan.

Kasanaçilar bilan mehnat şartnomalari tuzilmagani, amaldagi bandligi ta’minlanmagani va ijtimoiy şartnoma şartlari bajarilmaganligi natijasida 792,3 mln söm miqdoridagi subsidiya mablağlari maqsadsiz sarflangan.

Şuningdek, ijtimoiy şartnoma şartlarining bajarilişi subsidiya mablağlari ajratilgan röyxatdagi kasanaçilarning iş bilan bandligini ta’minlanganligi hamda iş haqlarining hisoblanişi soliq organlariga topşirilgan hisobotlari asosida örganilganda qaror talablari buzilişi, ijtimoiy şartnoma şartlari bajarilmaganligi holatlari aniqlandi.

Qaror talabi böyiça Kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligiga kömaklaşiş bölimi xodimlari hamda hokim yordamçilari tomonidan subsidiya mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan monitoring tadbirlari orqali nazorat qilib boriş işlarida ham mas’uliyatsizlik va qöpol xatolarga yöl qöyilgan.

Töplangan materiallar asosida Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.