Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF rasmiylari shartnoma asosida xizmat qilgan xorijliklarni mamlakatdan chiqarmaslikni taklif etdi
RF hukumati ishlab chiqqan qonun loyihalariga ko‘ra, agar Rossiya armiyasida xizmat qilgan va jang harakatlarida ishtirok etgan bo‘lsa, xorijliklar boshqa davlatga topshirilmaydi, mamlakatdan chiqarilmaydi va “patent”dan mahrum etilmaydi.
Foto: Sergey Pivovarov/REUTERS
Rossiya hukumati huzuridagi qonun loyihalari faoliyati bo‘yicha komissiya Rossiya armiyasida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini yengillashtirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda 10 noyabr kuni, manbalarga tayanib, RBK, «Interfaks» va «Vedomosti» xabar berdi.
Qonun loyihalaridan biri xorijliklarni boshqa davlatga berib yuborish masalalari bo‘yicha RF Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutadi. Hujjatga ko‘ra, Rossiya qator davlatlarga jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun berib yuborishdan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yuzasidan rad javobi beradi, agar ular Rossiya Qurolli Kuchlarida yoki boshqa tuzilmalarda harbiy xizmatni o‘tayotgan/o‘tab bo‘lgan bo‘lsa va jang harakatlarida ishtirok etgan bo‘lsa.
Yana ikki qonun loyihasi bunday xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyada bo‘lish shartlarini tartibga soladi. Ulardan biri Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritadi va qonunda nazarda tutilgan hollarda bunday xorijliklarni RFdan chiqarib yuborishni taqiqlashga tegishli. Buning o‘rniga ularga 50 ming rublgacha jarima yoki 200 soatgacha majburiy ish belgilanishi taklif etilmoqda.
Yana bir qonun loyihasi amalda deportatsiya, readmissiya, Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini qisqartirish, shuningdek, yashash guvohnomasini berishdan bosh tortish yoki uni bekor qilishni kontrakt asosidagi xizmatchilarga nisbatan taqiqlaydi. Bundan tashqari, patentni berish va qayta rasmiylashtirishdan bosh tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmaydi, mehnat faoliyatiga ruxsatnomani bermaslik yoki bekor qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
21:07 / 07.01.2026
Eng mashhur josuslardan biri Oldrich Eyms AQSh qamoqxonasida vafot etdi
20:38 / 07.01.2026
AQSh harbiylari Atlantika okeanida Rossiya bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga oldi
18:26 / 07.01.2026
AQSh Venesueladan Rossiya, Xitoy, Eron va Kuba bilan aloqalarni uzishni talab qildi – OAV
13:51 / 07.01.2026