Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Andijonda havo sifati keskin yomonlashdi: aholiga ehtiyot choralari tavsiya etildi
2025 yil 11 noyabr, soat 09:00 holatiga ko‘ra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlari Toshkent va Andijonda PM2,5 keskin oshganini ko‘rsatdi. Mutasaddilar ochiq havodagi faoliyatni cheklash va niqob taqishni so‘ramoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri atmosferasida:
- PM10 — 189 mkg/m³ (ReM 300 mkg/m³ dan oshmagan);
- PM2,5 — 143 mkg/m³, soatlik ReM (60 mkg/m³) dan 2,4 marta yuqori.
Andijon shahrida:
- PM10 — 502 mkg/m³, soatlik me’yordan taxminan 1,0 barobar yuqori;
- PM2,5 — 314 mkg/m³, soatlik me’yordan 8,9 marta yuqori.
Ko‘rsatkichlar ayniqsa PM2,5 bo‘yicha xavf yuqori ekanini anglatadi. Shu sababli aholidan ehtiyot choralariga qat’iy amal qilish so‘raldi.
Ehtiyot choralari (tavsiya)
Tibbiy niqob emas, R2/R3 (N95/N99) filtrli niqob taqish. Ochiq havoda yugurish, sport, uzoq sayr kabi faoliyatlarni chegaralash. Deraza va eshiklarni yopiq tutish, uyda havoni namlab turish. Havo tozalagich bo‘lsa, filtrdan foydalanish. Bolalar, keksalar, homiladorlar va yurak-qon tomir/bo‘g‘im kasalliklari, astma diagnozga ega bo‘lganlar ehtiyot bo‘lishi, belgilar kuchaysa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Mavzuga oid
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
21:59 / 09.12.2025
Andijonda 4 milliard so‘mga yaqin giyohvandlik vositalari aniqlandi
21:26 / 07.12.2025
Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi
21:38 / 06.12.2025