Ayol turmuş örtoğining öğirlanişidan 8 yil ötib, hukumat va politsiya ustidan ğalaba qozondi. Endi davlat unga kamida 7,4 million dollar tölab berişi lozim. Yöqolgan turmuş örtoği ham qayta qidiriladi.
Raymond Koh 2017 yilda poytaxt Kuala-Lumpur çekkasida niqobli odamlar tomonidan öz maşinasidan tuşirilib, öğirlab ketilgan. Uning qayerda ekanligi 8 yildirki, noma’lumligiça qolmoqda. Ruhoniyning oilasi esa uzoq vaqtdan beri uni politsiya olib ketganini ta’kidlab keladi.
Ötgan hafta Malayziya Oliy sudi ruhoniy öğirlab ketilganini tasdiqlab, buning uçun hukumat va politsiyani aybdor deb topdi. Iş yuzasidan Malayziya sudi birinçi marta bunday qaror berdi.
Sud, şuningdek, davlat kamida 31 million ringgit, ya’ni 7,4 million dollar tovon tölaşini belgiladi. Bu yöqolgan Kohning oilasiga topşirilişi kerak bölgan kompensatsiya. Yakuniy summa Malayziya huquq tarixidagi eng katta jarima summasi bölişi kutilmoqda.
“Biz juda xursandmiz, adolatli va halol hukm borligi uçun yaratgandan minnatdormiz. Bu ruhoniy Raymondni qaytarib bermasa ham, bu oila uçun oqlaniş va iş yopilişi, degani. Biz uşbu kuraş va hukmni rahm-şafqatli, jasoratli Raymond Koh hamda zörlik bilan yöqolganlarning barça qurbonlariga bağişlaymiz”, dedi ruhoniyning rafiqasi Syuzanna Lyu suddan söng jurnalistlar bilan suhbatda.
Jamoatçilik faollaridan biri Amri Çe Mat 2016 yil oxirida öğirlab ketilgan. Ruhoniy Koh esa 2017 yil boşlarida. Bir-biridan bir neça oy farq bilan sodir bölgan bu voqealar Malayziya jamoatçiligining muhokamasi, tanqid va xavotirlariga sabab bölib keldi.
Ruhoniyning işi sarlavhalarda ançagina ustunlik qildi, çunki u kuppa-kunduzi, odamlarning köz öngida, öz maşinasidan tuşirilib, öğirlab ketilgan. Videokuzatuv kameralariga bu holat tuşib qolgan. Ikkala oila ham erkaklari politsiya tomonidan olib ketilganini aytgan, biroq politsiya buni doim rad etib kelgan.
Ularning ğoyib bölişi ikkita katta tergov boşlanişiga sabab böldi, biri Malayziyaning inson huquqlari böyiça komissiyasi, ikkinçisi hukumat tomonidan ötkazildi. Ikkala tergov ham yakunda ular Malayziyada islom diniga tahdid sifatida qabul qilingani uçun politsiyaning maxsus bölimi tomonidan öğirlangan bölişi mumkin degan xulosaga kelgan.
















