“Ochiq innovatsiyalar jamiyat va texnologiya taraqqiyotiga hissa qo‘shadi va bu bizning DNKmizda. Biz innovatsiyalarga ochiq yondashishga sodiqmiz, — dedi kompaniyaning yuridik masalalar bo‘yicha direktori Sun Lyupin. — Huawei boshqalarning intellektual mulkini hurmat qiladi va o‘z mulkini, jumladan patentlar, savdo belgilari, mualliflik huquqlari va tijorat sirlarini himoya qiladi”.
2024 yilda Huawei’ni patentlarni litsenziyalashdan olgan daromadi taxminan 630 million AQSh dollarini tashkil etdi. Huawei’ning patent ajratmalarining umumiy miqdori olingan ajratmalar miqdoridan deyarli uch baravar ko‘p bo‘ldi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktorining yordamchisi Marko Aleman shunday dedi: “Huawei BIMT intellektual mulk xizmatlarining global foydalanuvchisi va innovatsiyalarning ilg‘or harakatlantiruvchi kuchidir. 2024 yilda Huawei kompaniyasi patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (Patent Cooperation Treaty, PCT) doirasida 6600 ta ariza berdi va 2014 yildan boshlab PCT tizimining eng yirik foydalanuvchisi hisoblanadi”.
Xalqaro savdo belgilari assotsiatsiyasi (International Trademark Association, INTA) menejeri Eten Sans De Asedo ta’kidlashicha: «Nomoddiy aktiv sifatida intellektual mulk bu innovatsiyalar va ijodkorlikni miqdoriy o‘lchanadigan qiymatga aylantiradigan universal tildir».
LES International Xalqaro litsenziyalash jamiyatining saylangan prezidenti Van Ninlin sanoat yetakchilari, siyosatchilar, tadqiqotchilar va tadbirkorlarni hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashish, to‘siqlarni kamaytirish va mas’uliyatli litsenziyalash bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Forumda Huawei kelajakdagi rivojlanish uchun muhim bo‘lgan bir qator biznes sohalarini, jumladan hisoblash texnikasi, HarmonyOS operatsion tizimi va ma’lumotlarni saqlash tizimlarini qamrab olgan oltinchi “Eng yaxshi o‘nta ixtiro” mukofotini qo‘lga kiritgan innovatsiyalarni taqdim etdi.
Huawei kompaniyasining intellektual mulk bo‘yicha vitse-prezidenti va rahbari Alan Fanning ta’kidlashicha, Huawei AKT sohasida yetakchi texnologiyalarning yetkazib beruvchisi sifatida o‘z texnologiyalarini ochiq dasturiy ta’minot, ochiq apparat ta’minot, patent so‘rovlari, standartlashtirishga qo‘shgan hissasi va ilmiy maqolalar orqali baham ko‘radi.















