Prezidentning «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar joriy etiladi.

Jumladan:

- Ota-onalarning farzandlari tomonidan narkotik moddalarni iste’mol qiliş holatini ixtiyoriy ravişda tekşirib boriş imkoniyatini yaratiş maqsadida 2026 yilning birinçi yarmida ekspress narkotestlar işlab çiqariş yölga qöyiladi.

- Toşkent şahri va Farğona viloyatida tajriba-sinov tariqasida «Antinarko» yoşlar front-ofislari faoliyati yölga qöyiladi. Volontyorlar jamoasi tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi manzilli tarğibot işlari olib boriladi.

- Narkojinoyat sodir etişga moyil yoki sodir etayotgan öquvçi va talabalarni aniqlab, huquq-tartibot organlariga xabar bergan pedagoglar maxsus tartibda rağbatlantiriladi.

- Narkojinoyatga aloqador öquvçi va talabalar haqida anonim xabar beriş imkoniyatini yaratiş maqsadida barça ta’lim muassasalarida içki işlar organlari tomonidan muhrlanadigan maxsus qutilar örnatiladi va kelib tuşgan xabarlarni tekşiriş amaliyoti yölga qöyiladi.

- Eksperiment tariqasida Toşkent şahridagi 10 ta maktabda 9-11 sinf öquvçilari bilan anonim sörov ötkaziş orqali xavf guruhi aniqlanib, ular bilan psixologlar kömagida profilaktik tadbirlar amalga oşiriladi.