Andijon aeroportida tilla taqinçoqlarni içki a’zolariga yaşirib olib kirmoqçi bölgan uç ayol qölga tuşdi, deb xabar berdi viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati.
Xabarga köra, Andijon aeroportida “Istanbul–Andijon” yönalişi bilan uçib kelgan bir guruh yölovçilar bojxona xodimlarida şubha uyğotgan.


Belgilangan tartibda şaxsiy körik ötkazilganida, uç nafar ayol tomonidan umumiy miqdori 225,3 gr bölgan tayyor zargarlik buyumlarini içki a’zolariga yaşirilgan xolda olib ötişga urinişlari foş etilgan.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda protsessual hujjatlar rasmiylaştirildi. Dastlabki baholaşga köra, uşlab qolingan taqinçoqlarning qiymati 200 million sömni taşkil etadi. Taqinçoqlar vaqtinça saqlovga olingan.

















