18-19 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQShga tashrif bilan kelmoqda. U Oq uyda prezident Donald Tramp bilan neft va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish masalasini gaplashadi. Reuters nashri Bin Salmonning tashrifi davomida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan masalalarga to‘xtaldi.

Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi va Muhammad bin Salmon

Uning tashrifi AQSh OAVlarida yirik mavzuga aylangani bejiz emas. 2018 yil oktabr oyida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida qirollikning tanqidchisi bo‘lgan jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan edi.

Saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoshiqchi 2017 yildan AQShda yashagan va Washington Post gazetasida ishlagan. U Istanbuldagi Saudiya konsulxonasiga 2018 yil 2 oktyabrda hujjatlarni rasmiylashtirgani kelgach, izsiz yo‘qolgan. Shundan keyin uning o‘ldirilgani va buni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon shaxsan buyurgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan.

AQSh razvedkasi Bin Salmon Qoshiqchini qo‘lga olish yoki o‘ldirishga ruxsat bergan, degan xulosaga kelgan. Valiahd shahzoda esa ushbu operatsiyani buyurganini inkor etgan, biroq qirollikning de-fakto rahbari sifatida mas’uliyatni tan olgan. Uning o‘ldirilishida, saudiyalik agentlar aybdor, deb topilgan va uzoq muddatlarga qamalgan.

Jurnalist Jamol Qoshiqchi / Foto: AP

Lekin jurnalistning o‘ldirilishi unutilmadi. Inson huquqlari faollari va jurnalistlarda ikkala yetakchiga ham ko‘plab savollar bor.

«Qoshiqchi butunlay unutilmadi. Lekin ikki muhim davlat o‘rtasidagi munosabat faqat bitta hodisaga asoslanishi kerakmi? Yoki AQSh va Saudiyaning kelajakdagi katta manfaatlari ham hisobga olinishi lozimmi?» deydi