Özbekiston elçixonasi hamda Energetika vazirligi vakillari Buyuk Britaniyaning Intelligent Energy kompaniyasi tijorat direktori Greg Xarris va texnik direktori Kris Dadfild bilan onlayn muloqot ötkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
30 yillik tajribaga ega bölgan Intelligent Energy vodorod energiyasini işlab çiqariş va sotiş, şuningdek, uşbu tizim böyiça zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga ixtisoslaşgan yetakçi muhandislik kompaniyasi hisoblanadi.
Onlayn suhbat çoğida Britaniya vakillariga Özbekistonda “yaşil” energetikani rivojlantiriş doirasida amalga oşirilayotgan loyihalar, jumladan, “yaşil” vodorod işlab çiqariş böyiça taşabbuslar haqida ma’lumot berildi. Uşbu yönaliş mamlakatning amaldagi energetika strategiyasida ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Öz navbatida, Intelligent Energy vakillari kompaniya faoliyati va vodoroddan yoqilği sifatida foydalanişning afzalliklari yuzasidan töxtalib ötdi. Ta’kidlanişiça, kompaniya mahsulotlari hozirda dunyo böylab avtomobilsozlik, yuk taşiş, dronlar, telekommunikatsiya hamda elektr energiyasi işlab çiqariş kabi sohalarda keng qöllanmoqda.
Muzokaralar davomida tomonlar ilğor vodorod yeçimlariga asoslangan qöşma “yaşil” loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi. Kompaniya vakillari Özbekiston bilan vodorod texnologiyalari va yoqilği elementlarini işlab çiqiş sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.

















