Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatish uchun asoslar kengaytirildi
Endi ish beruvchilar mintaqaviy ish kvotalari oshib ketgan taqdirda migrantlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet ellik ishchilar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish asoslarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi.
Endi ish beruvchilar mintaqaviy ish kvotalari oshib ketgan taqdirda migrantlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilishi mumkin. Ushbu hujjat Rossiya Mehnat kodeksining 327.6-moddasiga o‘zgartirish kiritadi. Qonun 2026 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Tashabbus Davlat Dumasiga «Novyye lyudi» fraksiyasi deputatlari tomonidan taqdim etildi. Ularning fikricha, bu ishdan bo‘shatilgan xodimlarning sudga murojaat qilish xavfini kamaytiradi.
2014 yildan beri Rossiya sub’yektlariga chet ellik ishchilarni yollash bo‘yicha yillik kvotalarni belgilash vakolati berilgan. Bunday hollarda, biznes migrant ishchilar sonini kamaytirishi kerak, aks holda ma’muriy jazoga tortiladi: yuridik shaxslar 800 mingdan 1 million rublgacha yoki ikki hafta muddatga faoliyatini ma’muriy to‘xtatish orqali.
Mavzuga oid
13:17
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026