Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi elchixona: qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblanmoqda
AQShda vaqtincha yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining diniy ekstremizmga oid ikki moddasi bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Foto: “Dunyo” AA
AQShda vaqtincha yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaxs — fuqaro B.A. — O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 242-moddasi va 244-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda hamda xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu moddalar taqiqlangan diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish, shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, mamlakatga olib kirish yoki tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Ma’lum qilinishicha, B.A.ni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv harakatlari 2024 yil may oyida boshlangan va ushbu jarayon O‘zbekistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda AQShning vakolatli tuzilmalari hamkorligida amalga oshirilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro B.A. joriy yilning noyabr oyi boshlarida AQSh hududida qo‘lga olingan.
Qolgan protsessual jarayonlar va keyingi huquqiy qarorlar yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
20:27 / 14.01.2026