Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbek haydovchilik guvohnomalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Rossiya hududida milliy haydovchilik guvohnomalarining qo‘llanishi bo‘yicha joriy tartibni ma’lum qildi. Milliy guvohnomalar shaxsiy avtoulov boshqarish uchun haqli hisoblansa-da, kasbiy haydovchilik faoliyati uchun ruscha guvohnoma talab etiladi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hozirda Rossiya hududida milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanish tartibi yuzasidan yurtdoshlarga ma’lumot berdi.
Elchixonaga ko‘ra, xorijiy haydovchilik guvohnomalarini tan olish tartibiga doir Rossiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga qaramasdan, O‘zbekiston fuqarolarining amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari Rossiya hududida shaxsiy transport vositalarini boshqarish uchun qonuniy hisoblanadi.
Shu bilan birga, taksi xizmatlari ko‘rsatish, yuk tashish, yo‘lovchi tashish kabi kasbiy haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomasini olishi kerak bo‘ladi. Bu esa Rossiya tomoni belgilagan tartibda imtihonlar va boshqa zarur jarayonlardan o‘tishni nazarda tutadi.
Elchixona Rossiyaning mas’ul idoralari bilan doimiy muloqotda ekanini va fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor barcha o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida axborot berib borishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026