Toşkentda ötgan MO va Ozarboyjon yetakçilarining maslahat uçraşuvi, axborotga töla davrda yaşayotgan odam uçun odatdagi rasmiy tadbirlardek körinsa-da, aslida mintaqamiz taqdirida keçayotgan yana bir katta özgarişni rasmiylaştirdi. Avvalo Ozarboyjon bu klubning doimiy a’zosiga aylangan bölsa, mintaqa markazidagi Özbekiston Markaziy Osiyo hamjamiyatini ta’sis etiş taklifi bilan çiqdi.

15-16 noyabr kunlari Toşkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uçraşuvi bölib ötdi. Bu – yettinçi uçraşuv edi.

Odamlar katta axborot oqimlari içida qolar ekan, aslida nima bölayotganini çuqur anglaşi qiyin bölişi mumkin. Çunki barça OAV bir xil yoki öxşaş narsalar haqida gapirar ekan, odamlar ongida bir xillik paydo böladi, bölayotgan voqealar katta oqimdek körinadi.

Aslida esa, Markaziy Osiyo taqdirida, tarixida öta jiddiy ijobiy hodisalar bölib ötmoqda. Faqat bu voqealar diplomatik qoidalar va siyosiy ohistalik zamirida bölayotgani uçun, ötmişdagi kontrastni va taşqi dunyodagi vaziyatlarni töliq anglaş uçun biroz sinçkov nigoh zarur böladi.

Bir eslaylik, 2016 yilga qadar, ayniqsa 90-yillarning ikkinçi yarmi, 2000-yillarda mintaqamiz davlatlari uçga bölinib qolgan edi. Kimdir Rossiyaga yuzlangan, uning asosiy harbiy-strategik va iqtisodiy loyihalaridan najot izlagan; yana kimdir Ğarbga yuzlanib, mintaqadagi qolgan davlatlarga zimdan qarşi turgan; Turkmaniston esa neytrallik bayroği ostida mintaqa işlaridan özini çetga olgan davr böldi.

Bu davrda mintaqa davlatlarining fikri, siyosiy va geosiyosiy qaraşlari bir joydan çiqişi uyoqda tursin, özaro yaşirinça va oşkora tiraşuv – kundalik holat edi.

Özbekistonning deyarli barça qöşnilar bilan munosabati öta sovuq edi. Ba’zi davlatlar bilan çegaralar minalaştirilgan, qolgan davlatlarga ham çiqib keliş katta azob-uqubatlarga giriftor qiluvçi muammo edi. Keyingi 8-9 yil esa MO mustaqilligi tarixida hozirça eng uzoq muddatli xotirjamlik, özaro işonç va hamkorlik, kooperatsiya va geosiyosiy jipslik davri bölib kelmoqda. Bu – yaqin tariximizda kuzatilmagan holat, katta yutuq.

MO davlat rahbarlari maslahatlaşuv uçraşuvlarining uşbu Toşkent sammitida katta tarixiy buriliş yuz berdi. Prezident Mirziyoyev Ozarboyjonning uşbu maslahatlaşuv uçraşuvlariga tölaqonli iştirokçi davlat bölib kirganini e’lon qildi. Bu bilan Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalari yana bir köp taraflama uyuşma, xalqaro klub doirasida birlaşdi. Lekin, köp taraflama boşqa formatlardan farqli ölaroq, Ozarboyjon va MO davlatlari örtasida samimiylik, tenglik va özaro işonç mutlaq yuqori ekani inobatga olinsa, bu hamkorlikdan barça davlatlar öta manfaatdor ekani körinib turadi.

Sammitda Özbekiston prezidenti Mirziyoyev nutq sözlab, Markaziy Osiyo davlatlari maslahatlaşuv uçraşuvlari ötgan 7 yil içida tarixiy missiyani juda muvaffaqiyatli bajarganini bildirdi. U uşbu formatning istiqboldagi tarixiy missiyasi haqida fikr bildirib, Markaziy Osiyo hamjamiyati nomli strategik platformani şakllantiriş vaqti kelganini aytdi. Buning uçun kotibiyat ta’sis etiş, oqsoqollar kengaşini tuziş, milliy koordinatorlar maqomini oşiriş taklif etildi.

Mintaqa böyiça ekspertlar: “Nega MO maslahatlaşuv uçraşuvlari tölaqonli integratsiya loyihasiga, institutsional taşkilotga aylanmayapti?!” degan savollarni köp qöyişgan edi. Prezident Mirziyoyev sammitgaça çop etilgan maxsus maqolasida va sammit nutqida ham uşbu savolga javob beradiki, şu paytga qadar mintaqa davlatlari orasida yiğilib qolgan işonçsizlik ruhiyatidan xalos böliş uçun, kooperatsiya va integratsiya uçun kerakli zamin tayyorlanişi kerak edi. Ötgan yetti yilda bu missiya keng ma’noda bajarildi. Endigi vazifa sifatida kooperatsiya va integratsiyaning taşkiliy şaklini belgilaş, mazmun-mohiyatini yangi darajaga olib çiqiş vazifasi qöyildi.

Ozarboyjon va MO davlatlari hamkorligi, boğliqligi tarixan misli körilmagan yuqori bir darajaga yetdi. Keyingi uç yil içida MO davlatlari rahbarlari jami 30 marta Ozarboyjonga borgan. Ozarboyjon prezidenti Aliyev esa jami 13 marta mintaqa davlatlariga kelgan. Ilhom Aliyev Toşkent sammitidan oldin bergan intervyusida va e’lon qilgan maqolasida MO davlatlari va Ozarboyjon hamkorligini “strategik birdamlik” deb atadi.

Bu atama bejiz işlatilgani yöq. Janubiy Kavkaz ham, MO ham taşqi geosiyosiy töqnaşuvlar, zöriqişlar va bosimlar, global işonçning pasayişi va xalqaro siyosatni reviziya qiliş davrida yaşamoqda. Stragetik birdamlikdan maqsad – MO davlatlari, Ozarboyjon, qolaversa, Turkiya iştirokida jips va hamjihat global hamkorlik yaratişdir. Bu – taşqi qudratlar uçun Markaziy Osiyo yoki Ozarboyjondan bittasini bezovta qiliş, bosim qiliş – qolgan davlatlar bilan ham munosabatlarga salbiy ta’sir qilişini anglatuvçi işoradir.

Uşbu sammitda Özbekiston prezidenti Mirziyoyev öz nutqini quyidagi jumlalar bilan tugalladi: “Bizning kuçimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yölimiz – döstlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bölib, özaro hurmat, birdamlik va strategik yondaşuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erişişimiz mumkin”.

Mintaqa kooperatsiyasi va istiqboldagi integratsiyasi zamirida turadigan formulani aynan şu jumlalar eng aniq ifodalab turibdi. Mintaqa hayotida yangi davr boşlanyapti. Bu – Ozarboyjonni ham qöşib, yanada kengroq makonda özaro işonç va global jipslik sarhadini yaratiş, kengaytiriş, qolaversa, özaro boğliqlikni kooperatsiyadan integratsiya darajasiga kötariş davri deb belgilandi. Bu yutuqlar va marralar taşqi dunyoni biz bilan hisoblaşişga yanada köproq undaydi. Bu esa, öz örnida, insonlarimizdagi özlik şukuhini yanada kengaytiradi, mustahkamlaydi.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos