Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda tibbiy xizmatlar uchun eng ko‘p to‘lov Toshkent shahrida qayd etildi
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 14,6 trln so‘mga yetdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 6,7 trln so‘mlik tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida mamlakat bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmi 14,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 13,6 foizga oshgan. Mutasaddilarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash xizmatlari bozoridagi ushbu o‘sish aholining tibbiy xizmatlarga murojaati, xususiy tibbiyot sektori faolligi va davlat–xususiy sheriklik asosidagi loyihalar kengayayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi quyidagicha shakllandi:
- Toshkent shahri – 6,7 trln so‘m;
- Toshkent viloyati – 1,4 trln so‘m;
- Samarqand viloyati – 1,1 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 961,8 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 664,1 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 652,4 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 569,2 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 545,4 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 495,4 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 373,8 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 358 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 259,2 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 253 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 238,4 mlrd so‘m.
Ko‘rinib turibdiki, tibbiy xizmatlar uchun eng ko‘p to‘lov Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi bo‘yicha ushbu hudud mamlakatda yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
10:12 / 27.12.2025
Chakana savdo 11 foizga, ulgurji savdo 12,8 foizga o‘sdi - yangi raqamlar
15:53 / 26.12.2025
Statistika qo‘mitasi: savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanmoqda
13:51 / 25.12.2025