Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Euronews media xoldingi direktorlar kengaşi raisi Pedro Vargas David bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Euronews örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş, mamlakatning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surişga qaratilgan qöşma media loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, jurnalistlarning malakasini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Birgalikdagi işlarni faol davom ettirgan holda Özbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro taşabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkaziş imkonini beradigan şeriklikning yangi yönalişlarini belgilab olişga kelişib oldik”, deb yozdi Şerzod Asadov.