Sönggi yillarda odamlarning ovqatlaniş tarzi keskin özgardi. Tabiiy mahsulotlar örnini arzon, tez tayyor böladigan, şu bilan bir qatorda, kuçli qayta işlangan taomlar (UPF) egallab bormoqda. Xalqaro ekspertlarning global tadqiqoti aynan mana şu özgariş inson salomatligi uçun jiddiy tahdidga aylanayotganini körsatmoqda.

Ultra-qayta işlangan oziq-ovqatlar (UPF) – sanoatda işlab çiqarilgan, tez pişadigan va tarkibida köplab qöşimçalar mavjud bölgan mahsulotlar hisoblanadi. Ularni uy şaroitida tayyorlab bölmaydi. Bunday oziq-ovqatlar uzoq vaqt saqlanadi: emulgatorlar, konservantlar, böyoqlar, şirinlaştiruvçilar, şuningdek, köp miqdorda şakar, tuz va zararli yoğlarni öz içiga oladi.

Çips, pişiriqlar, peçene, tort, muzqaymoq, gazli içimliklar, meva şarbatlari, kofe, supermarket nonlari, şakar qöşilgan nonuşta yormalari, tayyor şörvalar, makaron va pitssa, sosiska va kolbasa ultra-qayta işlangan mahsulotlar toifasiga kiradi. Şuningdek, tarkibida turli qöşimçalar mavjud bölgan yogurtlar va çaqaloq sut aralaşmalari ham UPF hisoblanadi.

The Lancet jurnalida çop etilgan şarhga köra, ultra-qayta işlangan oziq-ovqatlar, ya’ni tarkibida uy oşxonasida uçramaydigan qöşimça moddalari köp bölgan mahsulotlar semirişdan tortib depressiyagaça bölgan 12 turdagi kasallik xavfini oşiradi. Bular orasida 2-tur diabet, yurak-qon tomir, buyrak kasalliklari, depressiya kabi xastaliklar bor. Tadqiqot 43 nafar olim tomonidan 104 ta uzoq muddatli ilmiy iş asosida tayyorlangan.

Dunyo ovqatlaniş xaritasi özgaryapti

NOVA tizimi (oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş darajasiga qarab toifalaş)ni işlab çiqqan braziliyalik professor Karlos Monteironing aytişiça, ultra-qayta işlangan oziq-ovqatlar (UPF)larning keng tarqalişi butun dunyo ratsionini özgartirib yuborgan.

“Yangi va tabiiy mahsulotlar kamaymoqda, ularning örnini esa sanoat işlab çiqaradigan, marketing orqali kuçli tarğib qilinadigan oziq-ovqatlar egallamoqda”, – deydi u.

Olimlarning fikriça, yirik korporatsiyalar katta foyda evaziga bunday mahsulotlar iste’molini oşirişga intilmoqda. Sidney universiteti tadqiqotçisi Filipp Beykerning ta’kidlaşiça, vaziyat tamaki sanoati bilan kuraşga öxşaş darajadagi global çoralar körilişini talab etadi.