Buni tekşiriş uçun Fransiyadagi Carbios startapi sentabr oyi oxirida körgazma zavodini oçdi.
U yerda fermentlar yordamida içimliklar uçun butilkalarni işlab çiqişda qöllaniladigan bir martalik plastikning eng keng tarqalgan turi – PET (polietilentereftalat) qayta işlanadi.
Ön yillar davomida plastikning ayrim turlari mexanik usullar bilan qayta işlanib kelinmoqda. Öz örnida kimyoviy va fermentativ jarayonlar nisbatan toza mahsulotlarni işlab çiqariş yoki kiyimlar va şunga öxşaş buyumlar körinişida qayta işlaş imkonini beradi.
Bir martalik plastik asosan neftdan işlab çiqariladi. 2050 yilga kelib, jahondagi neft iste'molining 20 foizi uning hissasiga töğri kelişi mumkin. Çiqindilarni kamaytiriş uçun insonning plastikka qaramligini kamaytiriş va allaqaçon işlab çiqarilgan tovarlardan töğri foydalaniş zarur.
Hozirda butun dunyoda yiliga plastikning 15 foizga yaqinigina qayta işlaşga yuborilmoqda.1990 yillardan beri tadqiqotçilar bu materialning katta qismini takroran işlatiş uçun uni qayta işlaşning yangi usullarini izlaşyapti. Kompaniyalar fermentativ (Carbios) va kimyoviy (Loop Industries'dagi kabi) jarayonlarni işlab çiqiş uçun olimlar bilan hamkorlik qilişdi. Biroq yaqin-yaqindan boşlab bu usullar tijoriy muhitda qöllana boşlandi.
Carbios texnologiyasi qanday işlaydi?
Carbios reaktori ölçami 20 kub metr – taxminan yuk maşinasi furgoniga teng. U 2 metrik ton plastik, ya'ni taxminan 100 mingta maydalangan butilkalarni siğdiradi. 10-16 soat davomida reaktor PET – etilenglikol va tereftal kislotasi kabi tarkibiy qismlarga ajratadi.
Körgazma zavodida olib borilgan sinovlar natijasida Carbios özining ilk sanoat korxonasini qurişni rejalaştirgan. Unda namoyiş etilganidan taxminan 20 marta kattaroq reaktor böladi. Carbios boş ilmiy xodimi Alena Martining sözlariga qaraganda, yangi korxona 2025 yilga qadar Yevropa yoki AQŞda plastik işlab çiqaruvçi korxona yonida quriladi.
Carbios 2011 yilda taşkil etilgan bölib, öşa vaqtdan beri fermentativ qayta işlaş bilan şuğullanib keladi. Texnologiya plastikni taşkil etuvçi polimerlarning uzun zanjirlarini kesuvçi fermentlardan foydalanadi. Hosil bölgan monomerlardan yangi materiallar yaratiş uçun ularni tozalaş va birlaştiriş mumkin.

















