“Bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimi qöllanilişini soddalaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2022 yil 1 maydan bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimini qöllaşning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi. Bunda:

  • tovarlarni qadoqlaş, öraş (şu jumladan, qayta öraş), saralaş, tozalaş, boşqa tovarlarga moslaştiriş va uskunalarni modernizatsiya qiliş bojxona hududida qayta işlaş operatsiyalari hisoblanadi;
  • tovarlarni bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimiga joylaştirişda tovarlarning texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlaş hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etiş talab etilmaydi;
  • qayta işlaş mahsulotlarining çiqiş normalari qayta işlovçi sub’yekt tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi;
  • aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta işlaş böyiça 2 yildan köp bölmagan muddatga bojxona organi tomonidan umumiy ruxsatnoma beriladi;
  • maxsus iqtisodiy zona iştirokçilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar uçun bojxona tölovlari tölanişini ta’minlaş tartibi qöllanilmaydi;
  • qayta işlaş jarayonida hosil böladigan çiqindilarni “erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimiga rasmiylaştirişda bojxona boji undirilmaydi.

Tovarlar eksporti uçun bojxona yiğimlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qöllab-quvvatlaş böyiça boşqa çoralar “reeksport” bojxona rejimida olib çiqiladigan qayta işlaş mahsulotlariga ham tatbiq etiladi.

Bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimini qöllaşning maqsadi tovarlarni ta’mirlaş bölsa, tovarni bojxona hududida qayta işlaşga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Tovarlarni bojxona hududida qayta işlaş uçun ruxsatnoma taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçisi tomonidan keyinçalik boşqa şaxsga (agar uşbu şaxs mazkur ruxsatnoma böyiça barça majburiyatlarni öz zimmasiga olsa) ötkazilişi mumkin.

Davlat bojxona qömitasida Bojxona hududida/taşqarisida qayta işlaş bojxona rejimini takomillaştiriş böyiça boşqarma taşkil etildi.