Baloğatga yetgan har 7 kişidan 1 nafari va har 8 boladan bittasi qayta işlanadigan mahsulotlarga örganib qolgan bölişi mumkin, deb yozyapti Guardian naşri. Oxirgi tadqiqotlar muzqaymoq, gazli içimliklar va tayyor ovqatlar saraton, ortiqça vazn va yurak kasalliklariga sabab bölişi mumkinligini isbotlagan.
36 ta mamlakatda ötkazilgan 281 ta tadqiqot tahlili şuni körsatdiki, “öta qayta işlangan oziq-ovqatga qaramlik” kattalarning 14 foizida va bolalarning 12 foizida uçraydi.
“Qayta işlangan oziq-ovqatlarning qaysi turlarida öziga qaramlikni paydo qiluvçi moddalar bor ekanligini aniqlasak, global salomatlikni yaxşilaşga yordam bera olgan bölamiz”, – deydi AQŞning Miçigan universiteti professori Aşley Gearhardt.
Ma’lumot uçun, ultra qayta işlangan mahsulotlar deb 5 ta yoki undan ortiq ingrediyent qöşib tayyorlanadigan oziq-ovqatlarga aytiladi. Bunday ingridiyentlar odatda uy şaroitida pişiriladigan oziq-ovqatlarga qöşilmaydi. Ular konservantlar, ta’m beruvçilar, sun’iy rang beruvçi kabilar hisoblanadi. Olimlar aksar qayta işlangan mahsulotlar tarkibida öziga örgatib qöyuvçi moddalar bor deb hisoblaydi.

















