2021–2022-yillarda Samarqanddagi «Zarafşon» milliy tabiat boği hududidagi 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik şaxsga ijara bitimi hamda şartnomaga asosan dam oliş maskani quriş uçun ajratib berilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, sud qarorlariga muvofiq milliy tabiat boğida 11 nafar fuqaro va yuridik şaxs tomonidan özboşimçalik bilan qurilgan qurilmalar buzib taşlangan.

«Milliy boğ hududidagi oğir rekonstruksiyali binolar, devor va tösiqlar bosqiçma-bosqiç maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda. Qolgan holatlar yuzasidan Boş prokuratura jinoiy iş qözğatib, qöşimça tarzda örganiş işlari olib bormoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilişiça, vazirlik, Boş prokuratura va Zarafşon milliy tabiat boği mas’ullari hamkorligida buzilgan binolar örni tozalanib, örniga manzarali daraxtlar ekilib, hududda yaşil boğlar barpo etilmoqda.

Avvalroq, Boş prokuror örinbosari Şerzod Töxtaboyev boşçiligidagi işçi guruh tomonidan «Zarafşon» milliy tabiat boğidagi vaziyat örganilgan va bir qator qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilgani aniqlangandi.

Jumladan, milliy tabiat boği mansabdor şaxslari tomonidan 2021-2022-yillarda boğ hududidan 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy şaxs va yuridik şaxslarga ijara bitimi va şartnomalarga asosan dam oliş maskani quriş uçun ajratib berilgan.

Oqibatda, ijaraçilar tomonidan 8015 metr kvadrat yer uçastkasidagi butalar va ösimlik dunyosi nobud qilinib, noqonuniy ravişda quriliş işlari amalga oşirilgan. Şuningdek, fuqarolarga 115,6 gektar yer maydoni qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun noqonuniy berib yuborilgan.  Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Ma’lumot uçun, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi qonunda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uçastkalari faqat xususiy buyurtma qöriqxonalar hamda tabiiy pitomniklar taşkil etiş uçun yuridik va jismoniy şaxslarga ijaraga berilişi mumkinligi belgilangan.