Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’mol bozori o‘smoqda: chakana va ulgurji savdo hajmi keskin ko‘paydi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi 356,6 trln so‘m, ulgurji savdo tovar aylanmasi esa 393,9 trln so‘mni tashkil etdi. Chakana savdo 10,3 foizga, ulgurji savdo esa 12,2 foizga oshgan.
Foto: Depositphotos
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 356,6 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 10,3 foizga yuqori.
2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 85 585 tani tashkil etgan.
Shu davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi ham sezilarli darajada oshgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ulgurji savdo hajmi 393,9 trln so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,2 foizga o‘sish qayd etilgan.
2025 yil 1 noyabr holatiga respublika bo‘yicha ulgurji savdo sohasida 50 763 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ushbu raqamlar iste’mol bozorida talab va taklifning barqaror o‘sib borayotgani, savdo infratuzilmasi kengayib, chakana va ulgurji savdo tarmoqlarida tadbirkorlik faolligi ortib borayotganidan darak beradi.
Mavzuga oid
13:51
O‘zbekistonda xizmatlar bozori 14,6 foizga o‘sdi
10:39
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:40 / 24.12.2025
O‘zbekiston tashqi savdosi: eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi
14:31 / 24.12.2025