
Bugun, 3 oktabr kuni "Özekspomarkaz"da "Ipak yölida turizm" nomli XXIV Toşkent xalqaro turizm körgazmasiga start berildi.
"Ipak yölida turizm 2018" Toşkent xalqaro turistik yarmarkasining oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov iştirok etdi. U BMT Butunjahon sayyohlik taşkiloti qoşidagi Yevropa mintaqaviy direktori örinbosari Kristofer Imbsenga Özbekiston bilan sermahsul hamkorlik va Toşkent xalqaro turistik yarmarkasini har tomonlama qöllab-quvvatlaganlik uçun minnatdorçilik bildirdi.

Aziz Abduhakimov "Ipak yölida turizm" yarmarkasi butun dunyo turizm sohasi vakillari sa'y-harakatlarini birlaştiruvçi Markaziy Osiyodagi eng yirik maydon hisoblanişini ta'kidladi. Şuningdek Boş vazir örinbosari turizm Özbekistonda yetakçi sohalardan biri sifatida belgilangani va bu kabi strategik muhim ahamiyatga ega bölgan tadbirlarga katta e'tibor qaratilayotganini qayd etdi. Uning sözlariga köra, professionallarning bunday konstruktiv uçraşuvlari mamlakatlarimizdagi turistik sohaning jadal rivojlanişiga turtki beradi.

"Turizm rivoji uçun qulay iqtisodiy va taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlarni yaratiş yölida qabul qilinayotgan çora-tadbirlar hamda Özbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi mahalliy turizm sanoatining tezkor rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratadi", - dedi Boş vazir örinbosari.
Şuningdek, Hukumat murojaatida xorijiy işbilarmonlar uçun turizm jozibasini oşib borayotganini aytilib, AQŞ, Xitoy, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Singapur va Turkiya kabi mamlakatlarining investitsion kompaniyalari Özbekistonda turli infratuzilmaviy turistik obektlarni yaratişga doir qöşma loyihalarni rivojlantirişga qiziqiş bildirayotganini ta'kidladi.
Tadbirning doimiy ravişda ötkazilişi va unda xorijiy hamkorlar va mehmonlarning iştiroki uning xalqaro turizm rivojida qançalik muhim ekanini tasdiqlaydi.
"Ipak yölida turizm" xalqaro körgazmasi ikki - Milliy va Xalqaro pavilonlarda ötkazilmoqda.




































