Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Kun.uz’ning bir biridan mustaqil ikki manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, Mamayusuf Rahmatullayev 27 oktyabr, duşanba kuni ertalab işga ketgan. U şundan keyin yaşaş uyiga qaytmagan. Xodimning qayerga ketgani hozirça ma’lum emas. Olib borilayotgan qidiruv işlariga qaramay u hamon topilmagan. 

Mamayusuf Rahmatullayevga nisbatan Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 2025 yil 19 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov buni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ma’lumot uçun, 34 yoşli Mamayusuf Rahmatullayev Zafarobod tumani Yorqin mahallasida istiqomat qilgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda u sönggi marta tösiq postida xizmat olib borayotgan vaqtda köringani keltirilgan. Xabarda Mamayusuf Rahmatullayev haqida biror ma’lumotga ega bölganlar huquqni muhofaza qiliş organlariga yoki +998911958388 telefon raqamiga xabar beriş söralgan. Biroq Jizzax viloyati IIBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida hozirça qidiruv e’loni berilmagan.