«6 oydan beri pulimizni ololmayapmiz»

Sönggi bir neça kun içida Humans kompaniyasidan norozi bölgan önlab insonlar Kun.uz bilan boğlandi. Ikki kompaniya örtasidagi nizodan mijozlar aziyat çekyapti.

«Men Humans’dan jabrlangan insonman. 6 mln pulim 28 iyunda “rastorjyeniye kontrakta” (şartnomani bekor qiliş) qilingan, 40 kunda qaytariladi deyişgandi, ammo mana, yarim yil böldi, soxta va’dalar berib kelinmoqda», deydi Asadjon Xolmatov. 

Xurşidbek ismli boşqa bir murojaatçi Humans ofisiga borib, pulni qaytariş böyiça ariza yozganini, ammo heç qanday natija bölmaganini aytmoqda.

«Humans aloqa kompaniyasi kartadagi 6 mln pulimni muzlatib qöygan, bermayapti. Deyarli bir yil böladi yaqinda. Bundan 3 oy oldin mablağni qaytariş böyiça ariza ham qoldirganman. Foydasi bölmadi. Bermayapti baribir. Oldin Visa kartada turardi, keyin öz özidan işlamay, muzlab qoldi. Telefon qilsak, ariza yozib keting, dedi. Borib yozdim. 3 oydan beri na telefonni kötaradi, na pulni qaytarib beradi», deydi u. 

«Humans viza kartasida 3 mln 370 söm mikdorda pulim bor edi. Kartadagi mablağ balansimga ötib qoldi. Men bu pulni faqat öz tarifimga işlatişim mumkin ekan, lekin yeçib ololmasdim. Kompaniya aloqa markaziga telefon qildim (1234), ular Toşkentga kelib, Yakkasaroydagi filiallariga ariza topşirişimni aytişdi.

16 iyunda Toşkentga borib, Humans filialiga ariza yozib qoldirdim. Ular arizani 10 kun içida körib çiqib, 30 iş kunida pul qaytariladi, deyişdi va plastik karta ma’lumotlarimni, telefon raqamlarimni yozib olişdi. 26 iyulda hisobimdan Humans kompaniyasi orqali 3 mln 370 ming söm pul yeçib olindi, lekin qaytarib berişmadi. 

Şu kundan boşlab aloqa markaziga (1234) murojaat qilişni boşladim. Ular faqat «kutib turing opajon, pulingiz buxgalteriyaga yuborilgan, ular körib çiqib qaytarib berişadi» yoki «körib çiqiliş jarayonida» degan gapni aytişyapti. 5 oydan beri şu ahvol. Qayerga murojaat kilişni bilmayapman», deydi boşqa bir murojaatçi.

Kun.uz bilan boğlangan yana bir vatandoş ham otasi Humans’ning Visa kartasida 21 mlndan köproq mablağ saqlab kelganini aytib, pulni ololmayotganini ta’kidlayapti.