Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Besh qit’adagi “yuz millionlik klub”: aholisi eng ko‘p 16 davlat
Bugungi kunda dunyoda 8 milliarddan ortiq odam yashaydi. Shu bilan birga, aholining salmoqli qismi faqat bir nechta mamlakatlarda jamlangan. Infografikada 100 milliondan ortiq aholisi bor davlatlar qayerda joylashgani yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Butun dunyo bo‘yicha aholisi 100 milliondan ziyod bo‘lgan jami 16 ta davlat mavjud, shulardan bor-yo‘g‘i ikkitasida 1 milliarddan ortiq kishi yashaydi. Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda aholi soni bo‘yicha yetakchi — Hindiston. U yerda yashovchilar soni 1,46 milliard nafardan oshib ketgan. Keyingi o‘rinda 1,41 milliarddan ortiq aholisi bor Xitoy turadi.
Kartadagi keyingi toifa — aholisi 200 milliondan ortiq bo‘lgan mamlakatlar. Butun dunyo bo‘ylab bunday davlatlar soni beshta. Shu bilan birga, dunyoda aholisi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan AQSh bilan Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi farq ulkan. Qo‘shma Shtatlarda 347 milliondan ortiq aholi yashaydi. Keyin Indoneziya (285 million kishi), Pokiston (255 million), Nigeriya (237 million) va Braziliya (212 million) keladi.
Dunyoda, shuningdek, aholisi 100 milliondan 200 milliongacha bo‘lgan to‘qqizta davlat mavjud. Bular — Bangladesh, Rossiya, Efiopiya, Meksika, Yaponiya, Misr, Filippin, Kongo Demokratik Respublikasi va Vetnam. Vetnam aholisi 2023 yilda 100 millionlik ko‘rsatkichdan oshdi.
Kartaga Yevropada to‘liq joylashgan biror-bir davlat kirgani yo‘q. Ular orasida eng yaqin ko‘rsatkichga ega mamlakat — Germaniya, u yerda taxminan 80 million kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
11:45 / 15.11.2025
O‘zbekistonda aholisi eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi
22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
16:53 / 24.03.2025