Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak iste’foga çiqiş töğrisida ariza yozdi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy xabar berdi.

«Heç kimda Ukrainaga nisbatan savollar bölmasligini istayman. Şuning uçun bugun şunday içki qarorlar qabul qilindi: Ukraina prezidenti devoni qayta işga tuşiriladi. Ofis rahbari Andrey Yermak iste’foga çiqiş töğrisida ariza yozdi. Men Andreydan muzokaralar trekida Ukrainaning pozitsiyasi u tomonidan har doim qanday bölişi kerak bölsa, şunday taqdim etilgani uçun minnatdorman. Bu har doim vatanparvarlik pozitsiyasi bölib kelgan. Ammo miş-mişlar va spekulyatsiyalar bölmasligini istayman. Ofisning yangi rahbariga kelsak, ertaga men uşbu institutsiyani boşqarişi mumkin bölganlar bilan maslahatlaşaman», dedi u.

Andrey Yermak noyabr oyi boşida Milliy aksilkorrupsiya byurosi Ukrainadagi barça atom elektr stansiyalarini boşqaruvçi «Energoatom» kompaniyasida keng kölamli öğirliklar foş etilgani ortidan iste’foga çiqmoqda. Gap kompaniyaning yuzlab million dollarlik xaridlaridan «otkat» olingani haqida ketmoqda. Aksilkorrupsiya idoralari versiyasiga köra, keng kölamli öğirlik sxemasining yaratuvçisi va asosiy benefitsiarlaridan biri «Kvartal 95» studiyasining hammuassisi va Volodimir Zelenskiyning safdoşi Timur Mindiç bölgan, yuqori martabali amaldorlar ham ehtimoliy benefitsiarlar sifatida körsatilgan.

20 noyabr kuni Zelenskiy «Xalq xizmatkori» («Sluga naroda») fraksiyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazib, Yermakni işdan böşatmoqçi emasligini ma’lum qilgan edi.

28 noyabr kuni Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslaştirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi (SAP) xodimlari prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning uyini tintuv ötkazdi. Yermakning özi tintuv ötkazilganini tasdiqladi. Byuro xabarida tintuvlarga «sanksiya berilgan va tergov doirasida ötkazilayotgani» aytilgan. Gap qanday tergov haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmadi.