Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslaştirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi (SAP) xodimlari 28 noyabr kuni ertalab Kiyevning hukumat kvartalida Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning uyini tintuv qiliş uçun kelişdi. Bu haqda birinçi bölib «Ukrainskaya pravda» öz muxbiriga tayanib xabar berdi. Naşr jurnalistlariga köra, hukumat kvartali hududiga 10 ga yaqin xodimi kirgan.

Köp ötmay, byuro va Yermakning özi tintuv ötkazilganini tasdiqladi. Byuro xabarida tintuvlarga «sanksiya berilgan va tergov doirasida ötkazilayotgani» aytilgan. Gap qanday tergov haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmadi.

Yermak özining telegram-kanalida NABU va SAP uning uyida «protsessual harakatlar olib borayotgani» haqida yozgan. «Tergovçilarga heç qanday tösiq yöq. Ularga kvartiraga töliq kiriş imkoniyati berildi, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlik qiluvçi advokatlarim ham öşa joyda. Men tomondan – töliq hamkorlik qilinadi», – dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari.

Volodimir Zelenskiy tintuv yuzasidan hozirça izoh bermadi.

Keyinroq «Interfaks-Ukraina», «RBK-Ukraina» va «Ukrainskaya pravda» öz manbalariga tayanib yozişiça, Andrey Yermakning uyida ötkazilgan tintuvlardan söng tergovçilar heç kimga gumonlanuvçi deb topilgani haqida xabar bermagan.

Financial Times jurnalisti Kristofer Miller manbalarga tayanib, Yermaknikidagi tintuvlar energetika sohasidagi korrupsiya işi böyiça tergov bilan boğliqligini ma’lum qildi. Tintuvlarning bu iş bilan boğliqligi haqida «RBK-Ukraina» ham yozgan.

Noyabr oyi boşida Milliy aksilkorrupsiya byurosi Ukrainadagi barça atom elektr stansiyalarini boşqaruvçi «Energoatom» kompaniyasida keng kölamli öğirliklar foş etilganini e’lon qilgandi. Gap kompaniyaning yuzlab million dollarlik xaridlaridan «otkat» olingani haqida ketmoqda. Aksilkorrupsiya idoralari versiyasiga köra, keng kölamli öğirlik sxemasining yaratuvçisi va asosiy benefitsiarlaridan biri «Kvartal 95» studiyasining hammuassisi va Volodimir Zelenskiyning safdoşi Timur Mindiç bölgan, yuqori martabali amaldorlar ham ehtimoliy benefitsiarlar sifatida körsatilgan. 10 noyabr kuni tergovçilar tintuv uçun Mindiçnikiga borişgan. «Ukrainskaya pravda» şundan bir neça soat oldin Isroilga jönab ketgani haqida yozgan (unda uşbu mamlakat fuqaroligi bor).

Korrupsiya mojarosi fonida Andrey Yermak iste’foga çiqişi mumkinligi haqida xabarlar paydo bölgandi. «Ukrainskaya pravda» xabariga köra, Volodimir Zelenskiy atrofidagi odamlar unga prezident ofisi rahbarini işdan böşatişni maslahat bergan. 20 noyabr kuni Zelenskiy «Xalq xizmatkori» («Sluga naroda») fraksiyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazgan va unda Yermakni işdan böşatmoqçi emasligini ma’lum qilgan.