Hayotingizda bir marta bölsin, bu haqida öylab körgansiz: körinmas bölib qoliş haqida! Asosiysi, körinmaslik ham emas, körinmas bölganingizdan keyin nimalar qilişingiz haqidagi öylaringiz. Öylaringiz haqida gapirmang. Çunki yolğon gapirişingiz mumkin. Çunki inson ba’zan hayotda xayollaridan boşqaçaroq odam bölib çiqadi. Bugun biz “5 daqiqa”da Herbert Uellsning “Körinmas odam” asari haqida gaplaşamiz.

“Körinmas odam” 1897 yili yozilgan. Bu asar ilmiy-fantastika janridagi klassika sifatida dunyo adabiyotiga kirgan.

“Körinmas odam” asari yoş fizik Griffin atrofida sodir böladi. U kiçik va izolyatsiyadagi laboratoriyada turli moddalar va energiyalar bilan sinovlar olib boradi. Bu vaqtda u oddiy hayot tarziga ega edi, insonlar bilan aloqada bölib turardi.

Yigit tadqiqotlari ortidan körinmaslikka erişadi. Körinmaslik unga odamlar nazaridan yaşirin harakat qiliş, şaxsiy qudratni sinab köriş imkonini beradi.

Griffinning içki psixologiyasi ham qadamma-qadam özgarib boradi. Ilk boşlanğiç davrda u havas va qiziqiş bilan tadqiqot olib boradi, lekin körinmaslikka erişgandan söng u özini odamlardan uzoqlaştirib, ruhiy izolyatsiyaga soladi. Uning harakatlari va qarorlari nafaqat fanga bölgan qiziqiş, balki şaxsiy qudrat va mutlaq mustaqillikka intiliş tarzda namoyon böladi.

Qudrat - çeklanmagan istaklarga yetaklaydi

Griffin ilmiy izlanişlarini boşlayotgan vaqtda siz-u bizdek işlar qilmoqçi edi. Ya’ni insoniyatga yaxşilik qiliş, dunyoni yaxşi tomonga özgartiriş, judayam foydali inson sifatida yaşaş. Biz undan yaxşiroqmiz, boşqaçaroqmiz, demoqçi emasman, albatta. Aslida kim ekanimizni biliş uçun avval körinmas odamga aylanib körişimiz kerak.

Uzr, mavzuga qaytamiz. Körinmaslikka erişgan Griffin insonlarga qörquv soladi, hayratlantirişni istaydi. Şuningdek, qişloq aholisi uning noma’lum harakatlaridan bezovta böla boşlaydi.

Griffin qudrat hissi va axloqiy me’yorlar, mustaqillik va jamiyat bilan boğliqlik sabab har qadamda ziddiyatga duç keladi. U öz harakatlarini aql va axloq me’yorlari bilan muvofiqlaştirişga harakat qiladi, biroq öxşamaydi. U körinmas odamga aylangaç, amalda heç kimga yaxşilik qila olmaydi.