Indoneziyaning Sumatra orolida suv toşqini va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni keskin oşib, 442 kişiga yetdi, deya xabar bermoqda rasmiylar. Yakşanba kuni ertalab jami qurbonlar soni 300 kişiga baholangandi.
Orolda evakuatsiya işlari davom etmoqda, asosiy yöllar yopilgan, internet va elektr energiyasi faqat qisman tiklangan.
Tropik böronlarni kuçaytirgan musson şamollari Janubi-Şarqiy Osiyoda sönggi yillardagi eng kuçli suv toşqinlarini keltirib çiqardi. Malayziya va Tailandda yuzlab odamlar halok böldi va bedarak yöqoldi, butun mintaqa böylab millionlab odamlar jabrlandi.
Tailandda halok bölganlarning rasmiy soni hozirda 170 kişini taşkil qilmoqda, Malayziya şimolidagi Perlis ştatida ham yana ikki kişi halok bölgan.
Şri-Lankada suv toşqinlari va köçkilarni yuzaga keltirgan ekstremal ob-havo şaroiti tufayli 160 ga yaqin odam halok böldi.

«Senyar» tropik sikloni Indoneziyada halokatli köçkilar va suv toşqinlarini keltirib çiqardi, natijada uylar yuvilib, minglab binolar suv ostida qoldi.
«Oqim juda tez edi, bir neça soniya içida suv köçalarga yetib keldi va uylarga kirdi», - dedi BBC bilan suhbatda Indoneziyaning Açex Arini provinsiyasida yaşovçi Amaliya ismli ayol.
U va buvisi ehtiyot çorasi sifatida tepalikda joylaşgan qarindoşlarining uyiga ketişgan. Keyingi kuni narsalarni olib ketiş uçun qaytib kelganida, uyni butunlay suv bosgani ustidan çiqqan.
Yomon ob-havo qutqaruv operatsiyalarini qiyinlaştirmoqda va ön minglab odamlar evakuatsiya qilingan bölsa-da, yuzlab odamlar hali ham xavf ostida, deb xabar berdi Indoneziya favqulodda vaziyatlar agentligi.
Eng köp zarar körgan hudud bölayotgan Tapanulida aholi oziq-ovqat izlab dökonlarni talon-toroj qilgan.
Aholi qutqaruv xizmatlarining tezroq va muvofiqlaştirilgan harakatlarini ta’minlaş uçun mamlakat rasmiylaridan Sumatrani milliy ofat zonasi deb e’lon qilişni talab qilmoqda.


















