Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga oid ta’lim dasturlari, treninglar, onlayn platformalar va akseleratsiya imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, pedagoglar va olimlar uchun sun’iy intellektga oid resurslar, professional jamoalar va bilim almashish maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, eksperimental ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, universitetlarning OpenAI innovatsion ekotizimi bilan integratsiyasini chuqurlashtirish va yoshlar hamda o‘qituvchilar uchun yangi raqamli imkoniyatlar yaratish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.











