Taqdimotda ta’kidlanişiça, Özbekiston 2030 yilga qadar eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilib qöygan. Mazkur körsatkiçga erişiş uçun an’anaviy bozorlar bilan çeklanmasdan yuqori marjali yangi bozorlarga çiqiş zarur. Taqdimotda istiqbolli bozor hisoblangan mamlakatlar bilan imtiyozli savdoni yölga qöyiş, savdo-iqtisodiy munosabatlarni faollaştirib, eksport-import hajmi ösişiga mos ravişda çegara ötkaziş punktlari infratuzilmasi va quvvatini kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilar mahsulotlarning taşqi bozorlarda egallagan örni, talab yuqori bölgan tovar turlari, xorijiy şeriklar bilan amalga oşirilayotgan hamkorlik loyihalari hamda eksportni diversifikatsiya qiliş böyiça bajarilayotgan işlar yuzasidan axborot berdi.
Bugungi kunda 81 ta davlat idorasi tomonidan tadbirkorlarga 739 turdagi xizmat körsatilmoqda.

Lekin 576 turdagi xizmatlar tarqoq holda körsatilgani uçun tadbirkorlar hujjat yiğib, idorama-idora sarson bölayotgani körsatib ötildi. Masalan, göşt mahsulotlarini işlab çiqariş uçun 17 ta bosqiçdan ötiş, 10 ta idoraga boriş kerak. Şu bilan birga, buxgalteriya, soliq, eksport va sertifikatlaş böyiça konsalting xizmati körsatadigan yagona xususiy servis maydoni mavjud emas. Bunday xizmatlarni banklar, suğurta kompaniyalari, birja, brokerlar va logistika operatorlari, biznes ta’limi va trening dasturlari bilan integratsiya qiliş mumkin.
Taqdimotda tadbirkorlar uçun barça davlat va xususiy xizmatlarni bir joyga jamlaydigan «Biznes hamroh» markazini oçiş taklif qilindi.
Rejaga köra, Savdo-sanoat palatasi huzurida taşkil etiladigan markazlarda barça davlat va xususiy xizmatlarni «yagona darça» tamoyili asosida bir joyda, yagona elektron platforma orqali körsatiş yölga qöyiladi. Tadbirkorlarning murojaatlariga tunu kun javob beradigan «koll-markaz» ham taşkil etiladi.
Prezident taklifni ma’qullab, markaz tadbirkorlik sub’yektini taşkil etişdan tortib, faoliyatini yölga qöyiş, tayyor mahsulotlarni sotiş va eksport qilişgaça bölgan barça sohalarni qamrab olişi zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga bu borada tegişli topşiriqlar berildi.

















