Kremlda ötgan Amerika — Rossiya delegatsiyasi uçraşuvining yangi tafsilotlari paydo böldi. Uitkoff va Kuşner Putin boşqa tadbirda nutq sözlagani uçun u bilan uçraşuvni bir neça soat kutib qolgan.

Trampning maxsus vakili Uitkoff va Putin örtasidagi uçraşuv haqida Rossiya tomonidan prezident yordamçisi Uşakov bayonot berdi. Uning aytişiça, Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça AQŞ ilgari surgan dastlabki rejadan taşqari törtta alohida hujjat olgan.

Amerika naşrlari bu tört hujjat nima ekaniga oydinlik kiritdi: hujjatlardan birida Ukraina suvereniteti, VSU qöşinlari soni va ukrain rekatalarining uçiş masofasi muhokama qilingan. Yana bir hujjatda hududlar, qolgan ikki hujjatda iqtisodiy hamkorlik va Yevropa xavfsizligi haqida söz borgan. Uşakovning aytişiça, Rossiya tomoni bu hujjatlardagi aniq detallarni muhokama qilmagan, şunçaki hujjatlarda umumiy nima yozilgani haqida fikr almaşilgan.

Zelenskiy bilan uçraşuv bekor böldi

Amerika naşrlarining yozişiça, Uitkoff va Kuşner Kremlda Putin bilan uçraşganidan keyin Yevropadagi davlatlardan birida, katta ehtimol Belgiyada, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşişi kerak bölgan. Lekin, yana öşa Amerika naşrlarining yozişiça, Trampning vakillari ruslarning iltimosiga köra Zelenskiy bilan uçraşuvni bekor qilgan.

Aslida muzokaraçilar avval bir davlat, keyin boşqa davlat yetakçisi bilan uçraşişi kerak, töğrimi? Ya’ni Uitkoff va Kuşner Zelenskiyning oldiga borib «Putin bunday dedi, sizning pozitsiyangiz qanaqa?» deb söraşi kerak. Lekin Trampning dösti va kuyovi Kremldan çiqiboq çemodanini yiğiştirib Amerikaga jönab qolgan. Körinib turibdiki, Trampning muzokaraçilari uruşni faqat va faqat Putinga yoqadigan gaplar aytiş orqali tugatiş mumkin deb hisoblamoqda.

Aytgança, Uitkoff va Kuşner endilikda Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça asosiy muzokaraçiga aylandi. Tramp milliarder döstining yoniga milliarder kuyovini ham qöşib qöydi, har ehtimolga qarşi. Zelenskiy bilan uçraşuvni bekor qilgan bu ikki muzokaraçi Amerikada Ukraina muzokaraçilari yetakçisi Rustem Umerov bilan uçraşadigan bölibdi. Öylab qarasak, bu mantiqan töğri ham, çunki Uitkoff va Kuşner siyosiy vazn jihatdan Umerov bilan teng, prezident Zelenskiy bilan emas.

Vaqt çözişmi?

Kremlning Amerika delegatsiyasi qabul qilingani haqida bayonotlari farqli böldi. Avvaliga Yuriy Uşakov çiqib tomonlar maqbul yeçim topa olmaganini aytdi. Keyinroq Peskov «Putin Amerikaning rejasini rad etmagani, Kreml muzokaralar tafsilotini oçiqlamaslikni ma’qul körişini» aytdi. Lekin tovariş Peskov, sizdan oldinroq tovariş Uşakov çiqib muzokaradagi eng asosiy tafsilotni aytib böldi: Rossiya va AQŞ kelişuv böyiça har tomonni qanoatlantiradigan yeçim topa olmadi.