Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning ilk mundialdagi birinchi raqiblari Kolumbiya va Portugaliya bo‘ladi. Qit’alararo saralashdan o‘tib, guruhimizdan joy egallashga Kongo DR, Yamayka va Yangi Kaledoniya da’vogarlik qilyapti. Xo‘sh, guruhimiz haqida dastlabki munosabatlar qanday?
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning so‘zlariga ko‘ra, JChga chiqqandan keyin u yerda raqib tanlash ma’nosiz, chunki u yerda kuchsiz jamoa bo‘lmaydi.
“Bu – jahon chempionati, bu yerda qur’ada kim tushishiga qarab shikoyat qilib bo‘lmaydi. Portugaliya ham, Kolumbiya ham juda jiddiy raqiblar. Futbolchilarimiz uchun bu bellashuvlar katta hayajon va qimmatli tajriba bo‘ladi”, – dedi Kannavaro.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, uning shogirdlari har bir o‘yinda bor kuch bilan maydonga tushadi. “Mundialda bo‘layotganimizdan juda mamnunmiz. Endi eng muhimi – tayyorgarlikni to‘g‘ri olib borish va oxirigacha kurashish”, – deydi u.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov qur’a hayajonli bo‘lganini aytdi.
“Albatta, JCh – bu biz uchun birinchi tajriba. Ishonamizki, jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, xalqimizni xursand qilib, chiroyli o‘yinlari bilan keyingi bosqichlarga chiqish vazifasini uddalaymiz. JChda o‘yinlar bir-biridan qiziq bo‘ladi, oson o‘yin bo‘lmaydi, shunga yarasha puxta tayyorgarlik ko‘ramiz. Eng muhimi, muxlislarimiz bilan mana shu JChdan zavqlanib... Bu – butun umrga esda qoladigan O‘zbekistonning birinchi jahon chempionati bo‘ladi”, – dedi u.
Milliy jamoa sardori Jaloliddin Masharipov qur’adan oldin Portugaliya tushishini taxmin qilganini aytdi.
“








