Har bir bino kengligi, uzunligi, balandligi va hajmi bilan ko‘rsatilgan. 97% binolar soddalashtirilgan 3D shaklda (LoD1) tasvirlangan, bu esa shahar zichligini hisoblash va infratuzilmani rejalashtirishda yordam beradi.

Loyihaning o‘zgacha jihati shundaki, karta Afrika, Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va qishloq hududlarini ham qamrab oladi. Shu bilan birga, har bir kishi uchun qurilish hajmi hisoblanadi, bu ijtimoiy va iqtisodiy farqlarni aniqlashga yordam beradi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.











