Xabi Alonso uçun dahşatli oqşom
«Real» – «Selta» 0:2
Gollar: Svedberg, 53 (0:1). Svedberg, 90 (0:2)
«Real»: Kurtua, Eder Militao (Ryudiger, 24), Karreras, F. Garsiya, Raul Asensio (Rodrigu, 54), Tşuameni, Arda Guler (G. Garsiya, 74), Bellinghem, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe
«Selta»: Radu, Starfelt, Alonso, Rodriges, Moriba, Roman (Beltran, 84), Mingesa (Rueda, 71), Karreyra, Saragosa (Hutgla, 71), Duran (Svedberg, 46), Iglesias (Aspas, 88)
Ogohlantirişlar: Bellinghem, 62. F. Garsiya, 63. Valverde, 90. Rodrigu, 90. Karreras, 90 – Moriba, 83
Çetlatişlar: F. Garsiya, 64 (ikkinçi sariq). Karreras, 90+1 (ikkinçi sariq)
Öyinning birinçi bölimidagi eng asosiy vaziyat – Eder Militaoning jarohati böldi. U raqib forvardi Pablo Duranni ta’qib qilayotib, belidan jarohat oldi. U darhol gazonga quladi va öyinni davom ettira olmaydigan böldi.

Bu Militao uçun joriy mavsumdagi ikkinçi jarohat bölib, bunisi oldingisidan jiddiyroq bölib çiqdi. Xuddi braziliyalik futbolçiga qarğiş tekkandek: qatorasiga ikki bor uning xoçsimon paylari uzilib ketdi, bir yildan ortiq tiklaniş jarayonidan keyin safga qaytganida esa tanasining boşqa qismlarida muammolar yuzaga kelmoqda.

Holbuki «Real» himoyasida şusiz ham muammolar yetarliça edi, Dani Karvahal va Trent ham safdan çiqqani tufayli öng qanot himoyasida Raul Asensioni tuşirişga töğri kelgandi. Va öyin uşbu himoyaçi uçun juda yomon boşlandi. Avvaliga Saragosa töpni uning oyoqlari orasidan ötkazib, bolalarça aldab ötdi. Keyin ea Asensio oddiy vaziyatda toyib ketdi va töpni raqibga sovğa qildi.
Şu kuni Jud Bellinghem ham, Arda Guler ham boşlanğiç tarkibda tuşgandi. Natijada «Real» maydon markazini nazorat qildi, ammo bu birinçi bölimda yetarliça xavfli vaziyatlar yaratilişini ta’minlay olmadi. 45 daqiqa davomida mezbonlar hujumida faqat Bellinghemning boş bilan yöllagan zarbasi xato ketgani va Guler deyarli 11 metrlik nuqtadan töğri zarba berolmagani yodda qoldi. Şu bilan birga, «Selta» qarşi hujumlarda vaziyatlar yaratdi. Şunday ekan, öyinni faqat bir darvoza tomon keçdi deyiş qiyin edi.











