Qayd etilganidek, paxtaçilik va ğallaçilikni moliyalaştiriş, qişloq xöjaligi texnikalari bilan ta’minlaş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişga jami 29 trillion söm ajratildi. Sohaga 2,35 trillion söm subsidiyalar yönaltirildi.

Öz mablağidan paxta yetiştirgan xöjaliklarga paxta qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratilişi natijasida 3430 fermer va klasterlar 151 ming gektar maydonda öz mablaği hisobidan paxta yetiştirdi va 1,9 trillion söm resurs tejaldi.

Kelgusi yilda paxta va ğalla hosili, subsidiya va boşqa xarajatlarga jami 34,2 trillion söm ajratiş rejalaştirilgani, qöşimça 200 million dollar mablağ jalb qilib, 800 ta paxta teriş maşinasi xarid qilinişi ma’lum qilindi. Bu borada joriy qilinişi taklif etilayotgani yangi qöllab-quvvatlaş mexanizmlari körib çiqildi.

Jumladan, 2026 yilda agrotexnik tadbirlar, şu jumladan plyonka va egiluvçan quvurlar uçun qöşimça 5 trillion söm ajratiş taklif qilindi. Hosil yetiştirişda kredit limitining 50 foizigaça foydalanganda, sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratilsa, öz mablaği va qisman kredit hisobidan hosil yetiştiradigan fermerlar soni 4-4,5 mingga yetişi va ularning 2,5-3 trillion söm mablaği iqtisod bölişi ta’kidlandi.

Şuningdek, öz mablaği hisobidan buğdoy yetiştirgan fermerlarga 10 foiz subsidiya ajratiş taşabbusi bildirildi.

Avvalroq, agrar sohada davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştiriş maqsadida Qişloq xöjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada tölovlar agentligi taşkil etildi. Taqdimotda agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi qanday taşkil etilişi körib çiqildi.

Hozirgi vaqtda qişloq xöjaligida 52 turdagi subsidiya ajratilmoqda. Yangi tizimda uşbu jarayon tubdan soddalaştirilib, inson omili tubdan qisqartirilib, byurokratiya kamaytiriladi, arizalarni körib çiqiş töliq raqamlaştiriladi va barça jarayonlar “Agroportal” orqali amalga oşiriladi.

Buning uçun, “Agrosubsidiya” axborot tizimiga 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Jumladan, 2026 yil uçun möljallangan 1,3 trillion sömlik subsidiyalarni talabgorlar iştiroki zarur bölmagan holda davlat idoralari tomonidan proaktiv tarzda, qolgan subsidiyalar ayrim kelişiş, xulosa oliş va hujjatlarni rasmiylaştiriş bosqiçlarini çiqarib taşlagan holda soddalaştirilgan tartibda, ortiqça ovoragarçiliksiz beriladi. Natijada subsidiya ajratiş muddatlari keskin qisqaradi.