Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni korrupsiyaga qarşi kuraşiş, komplayens nazoratini takomillaştiriş va raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, BMT taşabbusi bilan 2004 yildan boşlab har yili 9 dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni butun dunyoda nişonlanadi. Uşbu sana mazkur yönalişdagi sa’y-harakatlar samarasini baholaş, amaliy natijalarni tahlil qiliş va yangi vazifalarni belgilaş uçun muhim fursat.

Ta’kidlanişiça, ötgan davrda 793 milliard sömlik mablağlarning maqsadsiz sarflanişi oldi olingan, qariyb 2 trillion sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan, 478 milliard sömlik zarar undirilgan.

354 milliard sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlandi, 1397 ta manfaatlar töqnaşuvi holati hamda qariyb 550 milliard söm mablağning maqsadsiz sarflanişining oldi olingan. Mansabdor şaxslarga nisbatan 26 ta jinoyat işi qözğatilib, 24 nafari ma’muriy va 148 nafari intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Sohadagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş klasterini yölga qöyiş taklif etildi. Ta’kidlanişiça, bu tizim Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, idoralarning içki nazorat bölinmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat taşkilotlari örtasida mazkur illatga qarşi kuraşiş böyiça yaqin hamkorligini örnatiş va ularning sa’y-harakatlarini birlaştirişga xizmat qiladi.

Klaster doirasida axborot almaşiş, qöşma tadbirlar ötkaziş, monitoring va baholaş orqali yaxlit ekotizim yaratiladi, işlarning samaradorligi oşadi.

Taqdimotda sohani raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş masalalariga alohida töxtalib ötildi.

Turli idoralarning ma’lumot bazalarini integratsiya qiliş asosida Xavf-tahlil markazini taşkil etib, korrupsion xavflarni hamda davlat xaridlarida affillanganlik holatlarini avtomatik aniqlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, komplayens bölimlarning işini töliq raqamlaştiriş, korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarni aniqlaş tezkorligini oşiriş böyiça rejalar taqdimot qilindi.

Qarorlar qabul qilişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş muhim ekani körsatib ötildi. Şu maqsadda “E-qaror” tizimida hujjatlarning oçiq e’lon qilinişi ustidan nazoratni hamda budjet mablağlaridan foydalanişda jamoatçilik nazorati imkoniyatlarini kengaytiriş topşirildi.