Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UXX Odessada RFning «yashirin floti» kemasi qo‘lga olingani haqida xabar berdi
Afrika mamlakatlaridan biri bayrog‘i ostida harakatlangan yuk kemasi Odessa portida qo‘lga olindi. UXX ma’lumotlariga ko‘ra, u avvalroq kamida yetti marta Sevastopol portiga «Rossiya Federatsiyasi manfaatlarida agrar mahsulotlarni noqonuniy eksport qilish uchun» kirib chiqqan.
Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning «yashirin floti» tarkibiga kirgan va Qrimdan ukrain qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini noqonuniy tashish bilan shug‘ullangan xorijiy kema Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan Odessa portida qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati10 dekabr kuni Telegram’da xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushlash paytida kemada kapitan va yana 16 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan — ularning barchasi Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari.
«Ish materiallariga ko‘ra, ushbu kema egasi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sanksiyalari ostida turgan, cheklov choralarini chetlab o‘tish maqsadida kemaning nomini va uchinchi mamlakatlardan bo‘lgan rasmiy benefitsiarlarini muntazam ravishda o‘zgartirib kelgan», — deyiladi xabarda.
UXX ta’kidlashicha, Odessa portiga mazkur yuk kemasi Afrika davlatlaridan biri bayrog‘i ostida kelgan va bu yerdan po‘lat quvurlar partiyasini olib chiqib ketishi kerak edi.
Ukraina maxsus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli harbiy tajovuzi boshlanishidan oldin ham, bu kema kamida yetti marta Sevastopol portiga kirib, «Rossiya Federatsiyasi manfaatlarida agrar mahsulotlarni noqonuniy eksport qilish» bilan shug‘ullangan.
UXX ma’lumotiga binoan, 2021 yil yanvar oyi oxirida ushbu kema Qrim hududidan qariyb yetti ming tonna donni Afrika shimoliga olib ketgan.
Maxsus xizmat tergovchilari to‘rtta modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi:
- konstitutsion tuzumni zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zgartirish yoki ag‘darish, davlat hokimiyatini egallab olish, shuningdek Ukraina hududi yoki davlat chegaralarini o‘zgartirish maqsadida amalga oshirilgan harakatlarni moliyalashtirish;
- davlatga xiyonat;
- transportda amal qiladigan qoidalarni buzish;
- vaqtincha ishg‘ol etilgan Ukraina hududiga kirish va undan chiqish tartibini buzish.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026