O‘zbekiston | 15:29 / 12.12.2025
4617
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologik vaziyatni yaxshilash: Fayzobod va Hasanboyda reyd o‘tkazildi

Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Fayzobod, Kalas va Hasanboy mahallalarida ekologik o‘rganish va reyd tadbirlari o‘tkazilib, ayrim issiqxonalarda qozonlar filtrsiz ishlayotgani hamda bu holat atmosferaga zararli moddalar chiqarilishiga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

Foto: gov.uz

Mas’ul tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qilish organlari ishtirokida viloyatning bir qator hududlarida issiqxonalar faoliyati bo‘yicha o‘rganishlar tashkil etildi. Reyd davomida Toshkent tumanidagi Fayzobod, Kalas va Hasanboy mahallalarida joylashgan issiqxonalar ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, havoni ifloslantirishga sabab bo‘layotgan omillar bartaraf etildi, issiqxona egalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan issiqxona egalariga ekologik xavfsizlik talablari, yonilg‘idan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, majburiy filtr qurilmalarining standartlari hamda chiqindilarni belgilangan tartibda yo‘q qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan omillarni aniqlash, ekologik nazoratni kuchaytirish va atmosferani ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid