Birinçi örinni Saudiya Arabistoni egalladi — har bir aholi hissasiga deyarli bir million dollarlik tabiiy resurslar töğri keladi. Ulkan neft zaxiralari mamlakat iqtisodiyoti poydevori bölib qolmoqda, nisbatan kiçik aholi soni esa kişi boşiga töğri keladigan körsatkiçni keskin oşiradi.

Ikkinçi va uçinçi örinlarni Kanada va Avstraliya egallaydi, bu davlatlarda har bir inson hissasiga 700 ming dollardan ortiq tabiiy boylik töğri keladi.

Kanadada yuqori qiymatni neft, örmon zaxiralari va kon-mineral boyliklari şakllantiradi. Avstraliya esa temir rudasi, kömir va tabiiy gaz eksporti hisobiga yutuqqa ega. Har ikki mamlakat ulkan hudud va nisbatan kam aholiga ega bölgani uçun kişi boşiga hisob-kitobda katta ustunlikka erişadi.

Rossiya reytingda törtinçi örinni egallab, har bir fuqaro hissasiga 520 ming dollardan ortiq tabiiy boylik töğri keladi.

Xitoy va AQŞ umuman olganda ulkan tabiiy resurslarga ega, biroq aholi soni inobatga olinganda, ular top-10 likning pastki qismida joylaşadi.

Xitoyda 1,4 milliarddan ortiq odam yaşaydi, şu bois kişi boşiga töğri keladigan körsatkiç 16 ming dollardan biroz baland, xolos. AQŞ esa tabiiy resurslari 45 trillion dollarga baholanişiga qaramay, faqat sakkizinçi örinni egallaydi.