Bir neça kun oldin aholi jon boşiga töğri keladigan tabiiy resurslar qiymati böyiça yetakçi mamlakatlar röyxati haqida xabar berilgandi. Reytingda neft resurslarining eng katta zaxiralaridan biriga egalik qiluvçi Saudiya Arabistoni birinçi öringa joylaştirilgan. Qirollikda bir kişi hisobiga 1 mln dollar qiymatdagi tabiiy resurslar töğri keladi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni Kanada hamda Avstraliya band etgan. Har ikki mamlakatda tabiiy boylik jon boşiga 700 ming dollardan oşadi. Kanadaning yuqori körsatkiçi neft, örmon zaxiralari va mineral resurslar hisobiga şakllansa, Avstraliya temir rudasi, kömir va gazning katta zaxiralariga ega. Rossiya reytingda törtinçi örindan joy olgan. Mamlakatda bir kişi hisobiga 520 ming dollardan ortiq tabiiy resurslar töğri keladi.

Özbekistonda bu körsatkiç qanday?

Jahon bozorida narxlarning tez-tez özgarib turişi va doimiy ravişda amalga oşiriladigan geologik qidiruv işlari sabab Özbekistondagi tabiiy resurslarning qiymati böyiça aniq raqamni keltiriş ança murakkab. Masalan, 2018 yilning iyul oyida Geologiya va mineral resurslar böyiça davlat qömitasi raisi örinbosari A’zam Qodirxöjayev mamlakatdagi mineral-xomaşyo foydali qazilmalari salohiyati qariyb 5,7 trln dollarni taşkil etişini ma’lum qilgandi.

Qodirxöjayev yuqoridagi körsatkiçning atigi 1 trilliondan ortiği — qidirib topilgan zaxiralar va tayyorlab qöyilgan konlar hissasiga töğri kelişini ta’kidlab, mamlakat hududining bor-yöği 20 foizi örganib çiqilgani va yangi konlarni aniqlaş böyiça ulkan salohiyat mavjudligini qöşimça qilib ötgandi.

2023 yilning dekabrida ötkazilgan matbuot anjumanida Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi boşqarma boşliği Ilyos Jumayev Özbekistonda 101 ta oltin va 3 ta kumuş koni hisobga olinganini ma’lum qilgandi.

«Mamlakatimizda Yer yuzida ma’lum bölgan deyarli barça turdagi foydali qazilmalar aniqlangan bölib, strategik jihatdan alohida ahamiyatga ega bölgan oltin, kumuş, platinoidlar, mis, uran, qörğoşin, molibden, volfram, neft, tabiiy gaz, marganets, litiy, xrom, nikel, qalay, tantal, niobiy, kobalt, skandiy, germaniy, reniy şular jumlasidandir. Bugungi kunda 101 ta oltin va 3 ta kumuş koni hisobga olingan bölib, uşbu konlarning asosiy qismi Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari xomaşyo bazasi sifatida berilgan. 10 ta mis koni hisobga olingan bölib, uning asosiy zaxiralari Toşkent viloyatidagi Oliy Ziyo, Sariçeku, Qizota konlariga töğri keladi», degandi Ilyos Jumayev.