Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli” - Saida Mirziyoyeva "Insoniy birodarlik"-2026 mukofoti haqida
11-12 dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik-2026" mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
“Ushbu tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama o‘rganishga yordam berdi. Shuningdek, ularning o‘zaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini ko‘tarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich bo‘ldi.


Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli – hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan nomzodlar sifatida o‘zini namoyon etdi.
Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman.


Ishonchim komilki, bizning jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti 2019 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayon sharafiga ta’sis etilgan. Mukofot har yili 4 fevral - Xalqaro inson birodarligi kunida topshiriladi. Laureatlarga 1 mln AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Ushbu mukofot bilan insonlar o‘rtasidagi birodarlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik, tinchlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar va tashkilotlar taqdirlanadi.





Mavzuga oid
16:27
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
19:56 / 25.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun munosib kelajakni ta’minlovchi iqtisodiyotni barpo etamiz - Saida Mirziyoyeva
08:21 / 25.06.2026