Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
Tramp ma’muriyati amalda Kiyevga xalqaro suvlarda RFning neft logistikasiga zarba berishga ruxsat berdi. The Atlantic ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Ukrainaga Rossiyaning energetika obektlarini nishonga olish uchun razvedka ma’lumotlarini ham taqdim etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati amalda Ukrainaga Rossiyaning “soya floti”ga zarba berish uchun “yashil chiroq” yoqdi, deb xabar berdi The Atlantic nashri payshanba, 10 dekabr kuni AQSh va Ukraina amaldorlariga tayanib. Nashr qayd etishicha, Jo Bayden davrida Vashington keskinlashuvdan qo‘rqib, xalqaro suvlarda Rossiya kemalariga hujumlarga qarshi chiqqan bo‘lsa, respublikachilar ma’muriyati kelishi bilan yondashuv o‘zgargan.
The Atlantic ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp xalqaro suvlarda RFning neft logistikasiga zarbalarga qarshi bo‘lmagan va ayrim hollarda Kiyevga Rossiya neft infratuzilmasi obektlarini nishonga olishda razvedka ma’lumotlarini uzatishni ma’qullagan.
So‘nggi haftalarda Ukraina AQShning Kiyevga tinchlik muzokaralarini tezlashtirish bo‘yicha bosimi fonida Rossiya neftini tashigan “soya floti”ning beshta tankerini portlatgan (ishdan chiqargan). Qora dengizdagi hujumlar uchun mas’uliyatni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) o‘z zimmasiga olgan. Moskva esa bu voqealarni “dengiz qaroqchiligi” deb atab, Ukraina tovarlarini olib chiqayotgan kemalarga ham zarbalar bilan javob qaytarishi to‘g‘risida tahdid qilgan.
Neft logistikasi atrofidagi qarama-qarshilik kemalarni sug‘urtalash narxlari oshishiga olib kelgan. The Atlantic ta’kidlashicha, Trampning omma oldida “tinch yo‘l bilan hal etish”ga intilish haqidagi bayonotlariga qaramasdan, uning ma’muriyati Kiyevning Rossiya neft sektorini zaiflashtirish istagini qo‘llab-quvvatlagan. Oktyabrda Vashington “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etgan — bu Rossiya eksportining bir qismini falajlagan va jahon bozorida Rossiya nefti narxini pasaytirgan.
The Atlantic ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh global energetika bozori uchun xatarlarni tan oladi, ammo bunday zarbalarni Vladimir Putinga bosim o‘tkazish vositasi deb hisoblaydi. Vashington Rossiya neft logistikasining zaiflashishi Kremlni tinchlik muzokaralarini boshlash yo‘llarini faolroq qidirishga undaydi, deb umid qilmoqda.
Ukrainaning sobiq infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, ilgari fuqarolik kemalariga hujumlarga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, endi bunday taktikani qo‘llab-quvvatlamoqda. U keskinlashuv o‘zini oqlashi mumkinligini aytib, shunday dedi: “Agar bu Putinni muzokara stoliga o‘tirishga majbur qilsa, bundan foydalanish mumkin”.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026