Prezident qaroriga muvofiq, rahbarlar har çorakda tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida tadbirkorlar bilan “Biznes hamroh” markazlarida uçraşadi. Reja-grafiklar har çorakda barça uçun oçiq holatda “Biznes hamroh” elektron platformasi hamda tegişli taşkilotlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. 

Şuningdek, platformadagi “Rahbarlar bilan muloqot” moduli orqali bir çorak davomida 1 ta hududdan kamida 10 nafar tadbirkorning murojaati yönaltirilgan taşkilot rahbarlari keyingi çorak reja-grafigiga öşa hududda tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazişni kiritişi şart qilib belgilangan. Uçraşuvlarda kötarilgan masalalar va “Biznes hamroh” markazining Call-markazi orqali kelib tuşgan murojaatlar platforma vositasida “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kiritib boriladi. 

Ma’lum qilinişiça, “Biznes hamroh” markazlari zarur funksional imkoniyatlarga ega bölgan davlat xizmatlari markazlari binolariga töğridan töğri joylaştiriladi. 

“Biznes hamroh” loyihasi prezident qarori (PQ–375-son, 13.12.2025 y.) bilan 2026 yil 1 martdan tadbirkorlarga davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni “yagona darça” tamoyili asosida körsatiş mexanizmi sifatida belgilangan.