Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishlab chiqarish sohasida soliq tushumlari: QQS va aksiz yetakchi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 60 525 ta yuridik shaxs tomonidan jami 76,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Foto: master-uz.com
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tushumlarning 15,9 trln so‘mi (NKMK va OKMK AJdan tashqari) 20 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 183,9 trln so‘m, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,1 trln so‘mdan oshgan.
Yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- QQS — 4,9 trln so‘m;
- aksiz solig‘i — 4 trln so‘m;
- foyda solig‘i — 2,2 trln so‘m;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 1,8 trln so‘m;
- JShODS — 968,6 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq — 946,9 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i — 525,4 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar — 408,5 mlrd so‘m.
Keltirilgan raqamlar ishlab chiqarish sohasidagi soliq tushumlari hajmini va yirik soliq to‘lovchilar ulushini aks ettiradi.
Mavzuga oid
18:56 / 18.05.2026
Chorva mollari va asalarilar QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan ro‘yxatga kiritildi
20:43 / 12.05.2026
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi
18:42 / 05.05.2026
Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi
14:01 / 02.05.2026